Kompaniyamiz ikki turdagi poliefir tolalarni ishlab chiqaradi: To‘liq (Solid) va Bo‘shliqli (Hollow). Ular o‘z jihatlariga ko‘ra regulyar va yuqori buramali tolalarga bo‘linib, o‘z tarkibidagi moylashtiruvchi modda miqdoriga ko‘ra silikonlashtirilgan va silikonlashtirilmagan bo‘ladi.

Regulyar tolalar ikki turga bo‘linadi
I) a) Silikonlashtirilgan regulyar to‘liq tola (RSS- regular solid siliconized) 1,2 den, 1,5 den, 3 den, 6 den, 7 den, 15 den, 20 den va kesim uzunligi: 32, 38, 51, 65 va 120 mm.
b) Silikonlashtirilmagan regulyar to‘liq tola (RSnS- regular solid non-siliconized) 1,2 den, 1,5 den, 3 den, 6 den, 7 den, 15 den, 20 den va kesim uzunligi: 32, 38, 51, 65 i 120 mm.
II) a) Silikonlashtirilgan regulyar bo‘shliqli tola (RHS- regular hollow siliconized) 3 den,7 den, 15 den va kesim uzunligi: 32, 38, 51, 65 va 120 mm.
b) Silikonlashtirilmagan regulyar bo‘shliqli tola (RHnS- regular hollow non-siliconized) 3 den,7 den, 15 den va kesim uzunligi: 32, 38, 51, 65 va 120 mm.
III) a) Yuqori buramali bo‘shliqli silikonlashtirilgan tola (HCS-Hollow conjugate siliconized ) 1,8 den, 3 den, 7 den, 15 den kesim uzunligi: 32, 38, 51, 65 va 120 mm.
b) Yuqori buramali bo‘shliqli silikonlashtirilmagan tola (HCnS-Hollow conjugate non-siliconized ) 1,8 den, 3 den, 7 den, 15 den kesim uzunligi: 32, 38, 51, 65 va 120 mm.

Mazkur mahsulot xalq xo‘jaliging turli tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.
• Tikuv buyumlari uchun isitish materiallarini ishlab chiqarish. Ulardan eng keng qo‘llaniladigani sintepon va xollofan bo‘lib, ular issiqni ushlash xususiyatiga ega, hajmli va egiluvchandir. Kurtkalar, paltolarni issiqlashtiruvchi qatlam sifatida, hamda ko‘rpalarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
• Mebel, yostiqlar, ko‘rpalar, bolalar o‘yinchoqlari va hokazolarni ishlab chiqarish.
• Tikuv iplarini ishlab chiqarish.
• Yo‘l qurilishi, temir yo‘llar, gaz va neft quvurlari, hamda poydevor va tom qoplamalarini qurishda qo‘llaniladigan erroziyaga qarshi va drenaj inshootlari sifatida foydalaniladigan geotekstil mahsulotlar.
• Davlat buyurtmalari asosida kiyim-kechak tikishda gazlamalar ishlab chiqarish
• Linoleum uchun asos
• Avtomobil sanoati uchun tolalar (pol, shift, avtomobil ichki qoplamasi, shovqindan izolyatsiya).
• Filtrlash materiallari (neft, sut, oziq-ovqat sanoati uchun).
• Abraziv va artma materiallar.
• Gigiyenik mahsulotlar
• Qurilish materiallari (issiqlikni ushlovchi, qoplama va shovqin izolyatsiyasi uchun materiallar)
• Juda ingichka simlarni elektr izolyatsiyasi
• Gilamlar ishlab chiqarish.