Shuningdek, korxonamiz ikkilamchi PETdan qadoqlash tasmalarini ishlab chiqaradi.
Bugungi kunda bizning mahsulotimiz O‘zbekiston plastik qadoqlash tasmalari bozoridagi yetakchilar qatorida o‘z o‘rniga ega. Zamonaviy uskunalar yordamida iste’molchilar va mahsulotlarning turli guruhlari uchun qadoqlash lentalarining turli o‘lcham va ko‘rinishlarini ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.

Uskunalarimizning texnologik jarayoni PET payrahasini avvaldan quritish va kristallashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, yuqori chidamlilik darajasiga ega va turli ranglardagi PET-tasmalarini ishlab chiqarish imkonini beradi.
Gomogen (bir maromdagi) eritish - uzilishlarga qarshi yuqori chidamlilik kafolatidir.

Poliefir qadoqlash tasmasi yuqori barqarorlik, cheklangan cho‘ziluvchanlikka ega bo‘lib, havo haroratining keskin o‘zgarishlari sharoitida o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydi va ultrabinafsha nurlari ta’siriga moyil emas. PET-tasmaning cho‘ziluvchanlik xususiyati biroz ortiq bo‘lib, issiqlik yoki vibratsiya ta’sirida hajmi o‘zgaradigan mahsulotlarni qadoqlash uchun to‘g‘ri keladi.
• Elastiklik darajasi yuqoriroq bo‘lganligi uchun PET-tasma qadoqlangan yuk chekkalarining shikastlanishiga olib kelmaydi,
• PET-tasma zanglamaydi, bu esa mazkur materialning muhim afzalligidir
• Jarohat olish xavfi sezilarli darajada pastroq
• PET-idishlar chiqindilaridan tayyorlangan tasmalar boshqa qadoqlash materiallaridan ancha arzondir.

Mahsulotimiz 20 dan 25 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi o‘ramlarda ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish-texnologik laboratoriyada yetkazilayotgan PET-homashyosining (PET-payrahasi) va tayyor mahsulotning sifati amaldagi standartlar va texnik shartlarga muvofiqlikka muntazam ravishda nazorat qilib boriladi.

Qadoqlash PET-tasmasi - zamonaviy qadoqlash materiali bo‘lib, nisbatan yaqin yillarda paydo bo‘lgan. Biroq haqli ravishda o‘ramlar yo‘nalishida yetakchi o‘ringa ega bo‘lgan bu poliesterli qadoqlash tasmasidir. Po‘lat tasma singari, PET tasma ham o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri funktsional va asosiy qo‘llanishiga ega. Bu:
• Og‘ir, yirik hajmga ega yuklarni bog‘lash uchun;
• Kimyoviy tolalar va paxta toylarini bog‘lash uchun;
• Arralash materiallarini transportirovka qilish va saqlash uchun;
• Qurilish sohasida.

Shuningdek, uning yengilligi turli modifikatsiyaga ega bog‘lash apparatlari yordamida nafaqat yirik hajmli, balki mayda yuklarni ham bog‘lash imkoniyatini berib, maishiy texnika, elektr texnikasini kabi yuklarni transportirovka qilish va saqlashga sharoit yaratadi. Yuklarning mustahkam va ishonchli mahkamlanishi qadoqlangan mahsulotga zarar va shikast yetmasligini ta’minlaydi.