Korxonamizda ikkilamchi polietilen (PE), polietilentereftalat (PET), polivinilxlorid (PVX yoki PVC)ning granulalarga qayta ishlanishi amalga oshiriladi. Ushbu materiallarning utilizatsiya qilinishi chiqindilarni o‘z vaqtida saralashdan boshlanadi. Ushbu polimerlarning sifatli qayta ishlanishi materialning asosiy jihatlariga deyarli ta’sir ko‘rsatmay, uning birlamchi materialdan deyarli farq qilmasligiga xizmat qiladi. Materialni granulalarga qayta ishlashda zamonaviy uskunalardan va savodli yondoshuv sababli, sifatli mahsulot ishlab chiqarilishiga erishiladi. Granulalar - mayda don shaklidagi qumsimon material bo‘lib, yumaloq, silindrsimon, ellipssimon shakllardan iborat. Granulalarning 0.2-1.5 sm o‘lchami turli mahsulot turlarini ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Ushbu granulalar o‘z xususiyatlari tufayli turli ishlab chiqarishlarning deyarli barcha tarmoqlarida qo‘llaniladi. Bu quyma buyumlar, qurilish mollari, xalq iste’moli mollarini (fitinglar, quvurlar, avtomobil butlovchi qismlari, shlanglar, to‘qilmagan materiallar, ruberoidlar, qadoqlash materiallar, maishiy idishlar, polimer cherepitsa va hokazo) ishlab chiqarilishidir.

   Ularni ishlab chiqarish vaqtida changdan ifloslanish kuzatilmaydi, ular oson bo‘yaladi. Ushbu xususiyatlar turli rangdagi granulalarni ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Ushbu granulalarda hid, zaharli moddalar yo‘qligi va kimyoviy moddalarga chidamlilik ularning o‘ziga hos jihatlaridir.

  Granulalardagi ikkilamchi polimerlar 25 kg og‘irlikdagi qoplarga qadoqlanadi va omborxonalarda saqlanishi mumkin. Ularga yuqori namlik yoki boshqa noxush sharoitlar ta’sir qilmaydi, bakteriologik ta’sirga berilmaydi, ular chidamli va o‘zidan elektr tokini o‘tkazmaydi. Biz tomondan ishlab chiqariladigan granulyatlardan tashqari, biz buyurtmachi istagiga ko‘ra va uning bevosita talablariga muvofiq granulyatlar aralashmasini ishlab chiqarish imkoniyatiga egamiz. Ikkilamchi granulalarni ishlab chiqarish jarayoni zarur texnologik nazoratdan o‘tkaziladi. Bevosita qayta ishlashdan oldin chiqindilar turlarga ko‘ra saralanib, maydalanish, tozalanish, modifikatsiya, quritish va homashyoni granulalash jarayonidan o‘tadi.